Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vengriya hukumati otalarning mavqeini oshirmoqchi

Vengriya hukumati otalarning mavqeini oshirmoqchi

Illyustrativ foto

Vengriya hukumati otaning oiladagi mavqeini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qildi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

16-iyun kuni Vengriyada Otalar kuni nishonlandi. Vengriya — oila nomiga yot bo‘lgan g‘oyalar va gender plyuralizmiga qarshi kurashayotgan mamlakat.

Vengriya madaniyat va innovatsiyalar vazirligining davlat kotibi Agnes Xornung aytishicha, mamlakatda to‘laqonli oilalar soni asta-sekin ko‘payib boryapti, hukumat o‘z navbatida, otalarning oiladagi mavqeini mustahkamlashga ko‘maklashmoqda. Xususan, bola parvarishlayotgan yoki parvarishlashga ko‘maklashayotgan otalar uchun to‘lov tizimlari bor.

«Bolalarning tug‘ilishi munosabati bilan otalarning yillik ta’til kunlari ko‘payadi: bir bola uchun yiliga qo‘shimcha ikki kun, ikki bola uchun qo‘shimcha to‘rt kun, ikki nafardan ortiq farzandlar uchun qo‘shimcha yetti kun qo‘shib beriladi. Qolaversa, farzandi uch yoshgacha bo‘lgan otalar 44 kunlik ta’til olish huquqiga ham ega», — dedi hukumat vakili.

Vengriya markaziy statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatda nikohdan o‘tishlar va ajrashishlar soni keskin kamaydi. O‘tgan yili 50,1 mingta nikohdan o‘tish ro‘yxatga olindi, bu oldingi yillarga solishtirganda juda oz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring