Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Chempionlar ligasining mavsumdagi eng yaxshi goli aniqlandi (video)

Yevropa Chempionlar ligasining mavsumdagi eng yaxshi goli aniqlandi (video)

Foto: «The New York Times»

UEFA muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida Yevropa Chempionlar ligasining 2019/2020-yilgi mavsumdagi eng yaxshi golini aniqladi.

1/8 finaldagi «Yuventus» — «Lion» qarama-qarshiligida (2:1) turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritgan gol 1-o‘ringa loyiq topildi.

Ikkinchi o‘rinda — «RB Leypsig» yarimhimoyachisi Marsel Zabitser guruh bosqichida «Zenit» (2:1) darvozasiga kiritgan gol.

Shuningdek, Xuan Kuadrado («Yuventus» — «Atletiko» — 2:2), Luis Suares («Barselona» — «Inter» — 2:1) va Serj Gnabri («Bavariya» — «Lion» — 3:0) tomonidan kiritilgan gollar Yevropa Chempionlar ligasining eng yaxshi beshta goli qatoridan o‘rin oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring