Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Final: Qozog‘iston qaqshatqich zarbaga uchradi

Final: Qozog‘iston qaqshatqich zarbaga uchradi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi. Qozog‘iston (3 oltin, 6 kumush, 3 bronza) esa chempionatda ikkinchi bo‘ldi.

E’tiborlisi, finalga Qozog‘istondan 9 nafar, O‘zbekistondan esa 7 nafar bokschi yetib kelgandi.

Shulardan besh nafari o‘zaro to‘qnash kelishdi va ushbu «derbi»da to‘rt nafar vakilimiz g‘alabaga erishdi.

Umuman olganda, musobaqa yakuniga ko‘ra, yigitlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Chempionatda g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz ro‘yxati:

Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Kumush medal:
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov

Bronza medal:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-60 kg: Adhamjon Muxiddinov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring