Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finalda «El-Klasiko» bo‘ladi

Finalda «El-Klasiko» bo‘ladi

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim finalida «Barselona» «Osasuna» bilan bahs olib bordi.

Ikkinchi taymda Levandovski va Yamalning gollari evaziga kataloniyaliklar g‘alaba qozonishdi. 

Barselona — Osasuna 2:0

Gollar: Levandovski (59), Yamal (90+3). 

Barselona – Penya, Kunde, Kristensen, Arauxo, Balde, Roberto (Pedri, 61), Gundo‘g‘an, de Yong, Rafinya (Yamal, 42), Torres (Feliks, 61), Levandovski.

Osasuna – Errera, Areso, Xuan Kruz (Barxa, 85), David Garsiya, Katena, Penya (Moxika, 78), Moyses Gomes (Ruben Garsiya, 85), Oros, Munos (Monkayola, 70), Arnais (Raul Garsiya, 70), Budimir.

Ogohlantirishlar: Katena (32), Munos (39), Arnais (56).

Endi 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan finalda «Barselona» va «Real» sovrin uchun bahslashadi. 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogining birinchi yarim finalida «Real» dramatik uchrashuvda «Atletiko»ni mag‘lub etdi.

Ispaniya Superkubogining o‘tgan yilgi finali ham «El-Klasiko» bo‘lgan va unda «Barselona» ishonchli tarzda g‘alaba qozongandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring