Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol. «Bosh vazir kubogi» qaysi jamoaga nasib etadi?

Futbol. «Bosh vazir kubogi» qaysi jamoaga nasib etadi?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ertaga qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tayotgan mazkur musobaqalarga yakun yasaladi. Bugun esa «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol musobaqalarining finalchilari aniqlandi.

Yarim finalning ilk o‘yinida maydonga Oliy sud hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi jamoalari tushishdi. Ushbu bahsda borgan sari o‘yini ochilib borayotgan Oliy sud jamoasi yirik g‘alabaga erishdi – 3:0.

Kezi kelganda ta’kidlash kerak, musobaqa avvalida hech kim sudyalar jamoasining bu qadar uzoqqa borishini kutmagandi. Ammo «ishtaha tushlikda keladi» deganlaridek, har bir g‘alabadan keyin Oliy sud jamoasi a’zolarining o‘zlariga bo‘lgan ishonchi ortib bordi va jamoa o‘yini ham kuchaydi. Endi ular finalda kubok uchun astoydil kurashsa ajabmas.

Ikkinchi yarim final juftligida esa Suv xo‘jaligi vazirligi hamda «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati jamoalari to‘qnash kelishdi. Bu o‘yin ham kutilganidek keskin va o‘ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechib, unda omad «O‘zbektelekom» jamoasiga kulib boqdi. Ular 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi va ertaga bo‘ladigan final o‘yinida Oliy sud jamoasi bilan «Bosh vazir kubogi» uchun kurash olib boradi.

«Bosh vazir kubogi».
½ final

Oliy sud – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi — 3:0

Suv xo‘jaligi vazirligi – «O‘zbektelekom» AJ — 1:3

Final.
27 oktyabr, soat 16:00

«Milliy» stadion

Oliy sud – «O‘zbektelekom»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring