Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azoliklarni qirishga chorlagan isroillik futbolchini nemislar ortiga qaytarishdi

G‘azoliklarni qirishga chorlagan isroillik futbolchini nemislar ortiga qaytarishdi

Germaniya Ikkinchi Bundesligasining «Fortuna Dyusseldorf» klubi, muxlislarning bosimi tufayli, isroillik hujumchi Shon Vaysman bilan rejalashtirilgan shartnomani bekor qildi.

Bu futbolchi falastinliklar o‘ldirilishini oqlovchi xabarlarni bir necha marta layklab, o‘zi ham ulashgan. Bu ham kamdek, «G‘azoni xaritadan o‘chirib tashlash»ga chorlab, «G‘azoda hech kim tirik qolmasligi kerak», deb yozgan.

29 yoshli Shon Vaysman — «Granada» futbolchisi, ijara asosida Italiya S seriyasidagi «Salernitana»da to‘p suradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring