G‘ulomjon Abdullayev chorak finalga chiqdi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) erkin kurashchilarimizning ilk g‘alabasiga mualliflik qildi. Vakilimiz dastlabki davrada xitoylik polvonni mag‘lub etdi.
Mingxu Liuga qarshi kechgan qiziqarli kurashda Abdullayev g‘alabani o‘z foydasiga hal qildi va chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun AQSh va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi vakili o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter