Husanovni zaxirada qoldirgan «Manchester Siti» o‘z maydonida yengildi

Bugun, 23-avgust kuni APL 2-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z uyida «Tottenhem»dan mag‘lub bo‘ldi.
Londonliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Mag‘lubiyatdan so‘ng manchesterliklar onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib ketishdi. Ikki turda ham g‘alabaga erishgan «Tottenhem» turnir jadvalining eng yuqorisiga ko‘tarildi.
Pep Gvardiola bugungi o‘yinga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni tushirmadi. Abduqodir 1-turda 82-daqiqada Jon Stounzning o‘rniga zaxiradan qo‘shilgandi.
APL. 2-tur. 23-avgust
Manchester Siti — Tottenhem 0:2
Gollar: Jonson 35, Palinya 45+2.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter