Ispaniyalik futbolchi Markos Alonso vafot etdi
Ispaniya terma jamoasi, «Real», «Barselona» va «Atletiko» klublarining sobiq hujumchisi Markos Alonso Penya 63 yoshida vafot etdi. Ispan futboli faxriysi saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tdi.
Markos Alonso Penya futbolchilik faoliyatini «Real Madrid»da boshlab, «Barselona»da porlagan. Katalon jamoasi bilan Ispaniya chempioni bo‘lgan, Yevropa Kubok egalari kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. «Barselona»dan ketgach, ikki yil Madridning «Atletiko»sida to‘p surgan. 1984-yilda Ispaniya terma jamoasi safida Yevropa chempionati kumush medaliga sazovor bo‘lgan.
Murabbiylik bilan ham shug‘ullangan: «Real», «Atletiko», «Sevilya», «Valensiya» va «Valyadolid»da ishlagan.
Markos Alonso — futbolchilar sulolasidan edi. Ushbu sulolaning kichik avlodiga mansub himoyachi Markos Alonso Mendosa avvaliga «Chelsi» sharafini himoya qilgan, hozir «Barselona»da o‘ynayapti. Kichik Markos Alonsoning buvasi Markitos — Markos Alonso Imas «Real» bilan besh marta Yevropa Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter