JCh-2026: pley-offning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlangach, pley-offning ilk bosqichi – 1/16 final (32 jamoa bosqichi)da o‘zaro bahs olib boradigan barcha juftliklar aniqlandi. Bu bosqichda 12 guruh g‘olibi, 12 guruh ikkinchi o‘rin sohiblari hamda eng yaxshi natija qayd etgan sakkizta uchinchi o‘rin jamoasi ishtirok etadi.
Pley-offning barcha juftliklari quyidagicha:
- Janubiy Afrika Respublikasi – Kanada;
- Braziliya – Yaponiya;
- Germaniya – Paragvay;
- Niderlandiya – Marokash;
- Kot-d'Ivuar – Norvegiya;
- Fransiya – Shvetsiya;
- Meksika – Ekvador;
- Angliya – Kongo Demokratik Respublikasi;
- Belgiya – Senegal;
- AQSh – Bosniya va Gersegovina;
- Ispaniya – Avstriya;
- Portugaliya – Xorvatiya;
- Shveysariya – Jazoir;
- Avstraliya – Misr;
- Argentina – Kabo-Verde;
- Kolumbiya – Gana.
Pley-off bosqichiga start bugun Janubiy Afrika Respublikasi va Kanada o‘rtasidagi uchrashuv bilan beriladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Yangi formatga ko‘ra, guruh bosqichidan keyin musobaqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqib ketish tizimi bo‘yicha davom etadi. Pley-offda mag‘lub bo‘lgan jamoalar musobaqani tark etadi, g‘oliblar esa 1/8 finalga yo‘l oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter