Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londondagi o‘yin Sulsher uchun hal qiluvchi bo‘ladi

Londondagi o‘yin Sulsher uchun hal qiluvchi bo‘ladi

Italiyalik insayder jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hozircha o‘z vazifasida qoladi.

Jamoa rahbariyati ser Alek Fergyuson bilan maslahatlashgach, shunday qarorga kelgan. Bungacha Sulsherning ishdan ketishi haqida turli gaplar yurgandi. Xususan, Krishtianu Ronaldu bosh murabbiylikka Zidanni olib kelishni tavsiya qilgan bo‘lsa, Antonio Konte shu masalada muzokaralarga tayyorligini bildirib, 3 yillik shartnoma ham so‘ragandi.

«Rahbariyat qarorini aytdi. Sulsher Londondagi «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda jamoani aniq boshqaradi. Fergyuson uni qo‘llab-quvvatladi, lekin keyingi o‘yinlar hal qiluvchi bo‘ladi», deb yozgan Romano.

Premer liganing 10-turi 30 oktyabr kuni boshlanadi va unda «Tottenxem» o‘z maydonida «MYu»ni qabul qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring