Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe Platini rekordiga yaqinlashdi

Mbappe Platini rekordiga yaqinlashdi

Foto: Instagram/equipedefrance

Yevro-2024 da Polshaga qarshi o‘yinda (1:1) ilk golini (penaltidan) kiritgan Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionatlarida urgan gollari soni bo‘yicha Jyust Fonten bilan tenglashib oldi — har ikkisida 13 tadan gol.

Fransiya terma jamoasining bu boradagi yetakchisi — Mishel Platini (14 gol).

D guruhida 2-o‘rinni egallagan Fransiya Yevro-2024 pley-off bosqichiga chiqdi. Raqib E guruhida (Ruminiya, Belgiya, Slovakiya, Ukraina) 2-o‘rinni olgan jamoa bo‘ladi. Mbappe shu o‘yinda 1 gol bilan Platiniga yetib olishi mumkin, dubl esa uni yetakchiga aylantiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring