Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Guruh bosqichining ramziy terma jamoasi tuzildi

Yevro-2024. Guruh bosqichining ramziy terma jamoasi tuzildi

Foto: Playmaker 24

Fransiyaning L’Equipe gazetasi, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, ramziy terma jamoani tuzdi. 20 futbolchi kiritilgan ro‘yxatdan zaxiradagi futbolchilar ham o‘rin oldi.

Darvozabon: Georgiy Mamardashvili (Gruziya).

Himoyachilar: Daniel Karvaxal (Ispaniya), Pepe, Ruben Diash (ikkisi ham Portugaliya) va Natan Ake (Niderlandiya).

Yarimhimoyachilar: Fabian Ruis, Rodri (ikkisi ham Ispaniya) va Amadu Onana (Belgiya).

Hujumchilar: Dan Ndoye (Shveysariya), Jorj Mikautadze (Gruziya) va Jamol Musiala (Germaniya).

Zaxiradagi o‘yinchilar: Janluiji Donnarumma (Italiya), Nunu Mendesh (Portugaliya), Emerik Laport (Ispaniya), Mert Myuldyur (Turkiya), Toni Kroos, Ilkay Gyundogan (ikkisi ham Germaniya), Georgiy Kochorashvili, Xvicha Kvaratsxeliya (ikkisi ham Gruziya) va Ngolo Kante (Fransiya).

Sanab o‘tilgan futbolchilar guruh bosqichida porlashdi, gruziyalik hujumchi Jorj Mikautadze hozircha turnir to‘purari bo‘lib turibdi — 3 ta gol.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring