Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi «Inter Mayami»ni Ligalar kubogi finaliga olib chiqdi

Messi «Inter Mayami»ni Ligalar kubogi finaliga olib chiqdi

Foto: Sport-Ekspress

Ligalar kubogi doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Orlando Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Messining dubli va Segoviyaning goli mayamiliklarni so‘nggi 3 yilda ikkinchi marta finalga olib chiqdi.

Lionel Messi va jamoadoshlari 2023-yil ushbu turnir g‘olibi bo‘lishgan.

Ikkinchi yarimfinalda «Sietl» safarda «Los-Anjeles Gelaksi»dan ustun keldi.

«Inter Mayami» va «Sietl» 31-avgust kuni finalda to‘qnashadi.

Ligalar kubogi. Yarimfinal. 28-avgust

Inter Mayami Orlando Siti 3:1

Gollar: Messi (77 penalti, 88), Segoviya (90+1) Pashalich (45+1).

Inter Mayami: Ustari, Frey, Falkon, Luyan (Segoviya, 73), Alba, De Paul, Brayt (Aviles, 90+5), Buskets, Rodriges (Allende, 65), Messi, Suares.

Chetlatish: Brekalo (75, Orlando).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring