O‘FA qator futbolchi va klublarni jazoga tortdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Superliga
“Andijon” — “Qo‘qon-1912”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvini tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga qadar yetib kelishini tashkillashtirishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"So‘g‘diyona” — “Nasaf”
Superliga 16-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Buxoro”
Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vaxobov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ilhomjon Vaxobovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Navbahor”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan so‘ng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Surxon”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor” — “So‘g‘diyona”
17-tur doirasidagi “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
90+5-daqiqada esa “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Zoir Jo‘raboyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan. Unga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanilgan.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa o‘rindig‘i oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga ko‘rsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga e’tiroz bildirganligi uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Nasaf”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiyev to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisi oyog‘ining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farrux Sayfiyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditatsiyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga ko‘maklashgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, klubga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditatsiyasi bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirildi.
OKMK — “Qizilqum”
Superliga 18-turidan o‘rin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror G‘afurov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asror G‘afurovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Paxtakor”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan to‘psiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli jarima intizom chorasi belgilandi.
“Qo‘qon-1912” — “Surxon”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini o‘sish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-familiyasi va lavozimini litsenziyada ko‘rsatilgani bo‘yicha kiritish uchun Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari litsenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha litsenziya hamda akkreditatsiyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatda mehmon jamoa uchrashuvni litsenziyalarsiz o‘tkazgani qayd etilib.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Qizilqum”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya komissarning mikst-zonada o‘tish bo‘yicha talabni bajarmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vladimir Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor” — “Neftchi”
Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muxsin Ubaydullayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muxsin Ubaydullayevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Surxon”
Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumayev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Proliga
“Olimpik” — “Lokomotiv”
Proliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 86-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kirill Todorov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kirill Todorovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter