Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo kubogi-U23. O‘zbekiston turnirni g‘alaba bilan boshladi

Osiyo kubogi-U23. O‘zbekiston turnirni g‘alaba bilan boshladi

Osiyo kubogi-U23 turniri 1-turi doirasida O‘zbekiston yoshlar jamoasi Turkmanistonga qarshi to‘p surdi.

«Paxtakor» stadionidagi 15 mingdan ortiq tomoshabin qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tgan o‘yinda Temur Kapadze shogirdlari 75-daqiqada o‘n bir metrlik jarimadan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Turkmanistonlik himoyachi o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘l bilan o‘ynagach, suriyalik bosh hakam belgilagan penaltini Ulug‘bek Hoshimov golga aylantirdi.

Osiyo kubogi-U23. 1-tur

1-iyun (chorshanba)

O‘zbekiston U23 — Turkmaniston U23 — 1:0

Gol: Ulug‘bek Hoshimov, 75 penaltidan.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston «A» guruhida 3 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugun, 1-iyundan Toshkent va Qarshidagi uchrashuvlar bilan O‘zbekistonda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start berilgandi.

«A» guruhi

«Bunyodkor» stadionida Eron va Qatar futbolchilari to‘qnashdi. O‘yinning oxirida urilgan gollar (qatarliklar 87-daqiqa), (eronliklar 90-daqiqa) durangga olib keldi — 1:1.

«V» guruhi

Qarshidagi bahsda Avstraliya Kuvaytni mag‘lubiyatga uchratdi — 2:0.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring