O‘zbekiston Toshkentda Eron ustidan g‘alaba qozondi

Toshkentda "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasi finali o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi 13 yildan so‘ng Eronni yutdi va turnir g‘olibiga aylandi. Uchrashuvda yagona golni 119-daqiqada Hojiakbar Alijonov kiritdi.
O‘yin boshida bir eronlik futbolchi maydondan chetlatildi, qo‘shimcha daqiqalarda Eldor Shumurodov penaltidan gol ura olmadi.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov (35. Vladimir Nazarov, 54), 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Otabek Shukurov (6. Akmal Mozgovoy,80), 9. Odil Hamrobekov ( 8. Jamshid Iskanderov,80), 14. Eldor Shomurodov, 19. Aziz Turg‘unboyev ( 21. Igor Sergeyev, 46), 22. Abbos Fayzullayev, 23. Husniddin Aliqulov, 27. Dilshod Komilov (30. Alibek Davronov,101), 31. Ruslan Jiyanov (11. Oston O‘runov, 46)
Eron: 1.Payam Niazmand, 18.Ariya Yusufi, 13.Muhammad Kanani, 20.Orif Agasi, 5.Ali Ne’mati, 26.Muhammad Gorbani (15. Ruzbeh Cheshmi, 46), 21.Omid Nurafkon, 14.Saman Goddos (7. Alirizo Jahonbahsh,66), 27.Muhammad Mohebbi, 24.Shahriyor Moganlou ( 9. Mehdi Taremi, 30), 10.Amirhussayn Hussayinzoda (23. Ramin Rizoyan, 15).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter