Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston paralimpiyachilari ham 13-o‘rinni egallashdi

O‘zbekiston paralimpiyachilari ham 13-o‘rinni egallashdi

28 avgustdan 8 sentyabrga qadar Parij shahri mezbonligida o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi.

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida dunyoning 182 davlatidan jami 4400 nafar atletlar 549 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 26 ta medal bilan Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

E’tiborlisi, avvalroq bo‘lib o‘tgan Parij Olimpiadasida delegatsiyamiz 13-pog‘onadan joy olishgan edi.

O‘zbekiston Parij-2024 paralimpiya o‘yinlarida Osiyo davlatlari orasidi Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, MDH mamlakatlari orasida Ukrainadan keyin ikkinchi, turkiy hamda musulmon davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egalladi. 

Navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yili AQShning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring