Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionati finalida!

O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionati finalida!

Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha terma jamoalar o‘rtasida FIDE jahon chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston shaxmatchilari yarimfinalda Hindistonni mag‘lub etishdi, ikki raundga ko‘ra hisob — 2:2 va 2,5:1,5.

25-noyabr kuni final! Shaxmatchilarimiz Xitoy terma jamoasiga qarshi dona surishadi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Abdimalik Abdisalimov va Ortiq Nigmatov himoya qilishyapti. Jamoa sardori va murabbiyi — niderlandiyalik Ivan Sokolov.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar finalga qadar guruhda AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishishdi, faqat Ozarbayjonga (1,5-2,5) yutqazishdi.

Kecha, chorak finalda Ukrainani 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra taslim etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring