O‘zbekiston Tailandni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionati nimachorak finali doirasida Tailandga qarshi maydonga tushdi.
Vakillarimiz ushbu bosqichda jiddiy qarshilikka duch keldi.
Birinchi bo‘limning 37-daqiqasida Aziz Turg‘unboyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda tailandliklar hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi - Sarachat Supachok.
Ammo Abbosbek Fayzullayevning 65 daqiqadagi yorqin goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Endi O‘zbekiston chorak finalda mezbonlar Qatar termasi bilan o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter