O‘zbekistonlik sportchilarning qishki Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi
O‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybogning Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishi nihoyasiga yetdi. Sportchi 500 metr masofaga kechgan chorak final bahsida 5-bo‘lib marraga keldi.
Afsuski, bu Yeybogga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi va u shu nuqtada ishtirokini tugatdi.
Avvalroq Medet Nazarovning ham Olimpiadadagi ishtiroki yakunlangani xabar qilingandi.
U slalom dasturining ikkinchi startida finishga yetib kela olmagan va shu nuqtada o‘z ishtirokini tugatgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter