Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zPFL «shampionat.asia» xodimlarini akkreditatsiyadan mahrum qildi

O‘zPFL «shampionat.asia» xodimlarini akkreditatsiyadan mahrum qildi

Professional futbol ligasi «championat.asia» sayti xodimlarining akkreditatsiyalarini bekor qildi. Bu haqda PFL rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«Barcha islohotlar ham bir zumda emas, balki sekin-asta o‘z samarasini berishi barchaga ma’lum. Shunday bir davrda butun o‘zbek futboli jamoatchiligi birlashib, milliy futbolimizni ko‘tarishga urinayotgan paytda, chempionat o‘yinlarini yoritib kelayotgan nashrlardan biri – «championat.asia» sayti ayrim nohaqliklarga yo‘l qo‘yib, jamoatchilikning fikrini salbiy tomonga og‘ishiga sabab bo‘lmoqda», deyiladi xabarda.

Aytilishicha, professional futbol ligasi milliy chempionatimiz va kubok uchrashuvlarini yoritib boradigan barcha OAV ishini hurmat qilgani bois, «championat.asia» saytining davomiy maqola va turli ijtimoiy tarmoqlardagi noo‘rin chiqishlariga munosabat bildirmay kelgan. Lekin ushbu nashr vakillari chegaradan chiqishda davom etaverganliklari sabab, O‘zPFL mazkur sayt xodimlarining O‘zbekiston chempionati va kubogini bevosita voqea joyidan yoritib borish imkonini beradigan akkreditatsiyalarini bekor qilishga qaror qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring