Rafael Nadal tennisdan ketishini 12 tilda e’lon qildi
«Ulkan toj» turnirlarining 22 karra g‘olibi, jahonning sobiq birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal tennis bilan xayrlashishini ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilib, barcha muxlislariga 12 tilda minnatdorlik bildirdi.
38 yoshli Rafael Nadal professional faoliyatiga 19–24-noyabr kunlari Malaga (Ispaniya)da o‘tkaziladigan Devis kubogi-2024 final bosqichidan so‘ng nuqta qo‘yishini aytdi. «Sakkizlik finali»da Ispaniya terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi kortga chiqadi.
Rafael Nadal «Ulkan toj» turnirlarining yakkalik bahslarida 22 marta g‘olib bo‘lgan (ikkinchi ko‘rsatkich), jumladan, Fransiya ochiq chempionatida 14 marta zafar qozonib, rekord o‘rnatgan. US Openni — to‘rt marta, Uimbldon va Australian Openni — ikki martadan g‘olib sifatida tark etgan. Tennisdagi yakkalik bahslarida ko‘rsatgan yuksak natijalari uchun «Oltin toj» bilan taqdirlangan («Ulkan toj»ning barcha turnirlari g‘olibi va olimpiya oltin medali uchun).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter