Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Sulsher ketdi, o‘rniga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi

Rasman! Sulsher ketdi, o‘rniga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

«Ole hamisha «Manchester Yunayted» afsonasi bo‘lib qoladi. Bu qarorga kelishimiz juda qiyin bo‘ldi. U nafaqat buyuk o‘yinchi, balki inson va ko‘plab hayajonli onlarni baxsh etgan yaxshi murabbiy sifatida ham doim yodimizda qoladi», deyiladi klub bayonotida.

48 yoshli mutaxassis jamoani 2018 yildan beri boshqarayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa birorta sovrinni qo‘lga kiritmadi. «MYu» bu mavsumda APLda 12-turdan so‘ng 17 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa so‘nggi 7 o‘yinning 5tasida mag‘lubiyatga uchradi.

Jamoani vaqtinchalik Maykl Kerrik boshqarib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring