Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi

Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi

Foto: Xabar.uz

Prezident Farmoni bilan Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga, shuningdek, Ulug‘bek Azamov vazirning birinchi o‘rinbosari, Abdulaziz Aqqulov, Avazjon Karimov va Zarif Kazakovlar esa vazir o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlangani haqida xabar bergandik.

Prezidentning tegishli qarori (PQ-5067, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Nodir Murotov lavozimidan ozod etildi.

Prezidentning tegishli qarori (PQ-5068, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov 2020 yilning fevralida jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. U bir vaqtning o‘zida O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev avvalroq ishdan olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring