Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» Angliya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi

«Real» Angliya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi

Foto: «Futbol 24»

«Real Madrid» Dortmundning «Borussiya» klubi hamda Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem transferiga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi Marca nashri.

Manbaga ko‘ra, ispanlar xavbek uchun 120 million yevrodan ko‘proq pul to‘lashmoqchi. Madridliklar yanvar oyida muzokaralar ancha jonlanishiga ishonishmoqda.

Kecha CIES Football Observatory e’lon qilgan dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Jud Bellingem (€208,2 mln) 1-o‘rinni egallagandi.

19 yoshli Bellingem 2020-yildan buyon «Borussiya» sharafini himoya qilyapti. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 22 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi, uchta golga assistentlik qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring