Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» katta transferga tayyorlanmoqda

«Real» katta transferga tayyorlanmoqda

Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni sotib olishga jiddiy kirishdi.

ESPN xabariga ko‘ra, Madrid klubi 19 yoshli yarim himoyachi uchun 100 million yevrodan ko‘proq pul taklif qilishga tayyor. Klub angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar yanvar oyida tezlashishiga ishonmoqda.

Bellingem Madridning asosiy maqsadi hisoblanadi. «Real Madrid» futbolchi uchun «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Liverpul» bilan kurashmoqda.

«Real» yozda Tchuameni uchun kurashda «Liverpul»ni ortda qoldirgan edi. Madridliklar Bellingem bilan ham xuddi shunday yo‘l tutishga umid qilmoqdalar. Ular Bellingemni yosh Tchuameni, Kamavinga va Valverde harakatlanadigan yarim himoyaga mukammal qo‘shimcha sifatida ko‘rishmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «Borussiya» safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U JCh-2022da Angliya terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring