“Real” muhim bahslar oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
Madridning “Real” klubi matbuot xizmati jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingem jarohat olganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bellingem Ispaniya La Ligasining 22-turi doirasida “Rayo Valekano”ga qarshi uchrashuvning 8-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida angliyalik futbolchining chap oyog‘ida mushak jarohati aniqlangan.
Taxminlarga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachining to‘liq tiklanishi uchun bir oy vaqt ketadi.
Joriy mavsumda Jud Bellingem “Real” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fevral taqvimida “Real”ni La Liga doirasida “Valensiya”, “Real Sosedad”, “Osasuna” klublariga qarshi, YeChLda esa “Benfika”ga qarshi bahslar kutib turibdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter