Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu — YeChL finalining eng qari futbolchisi. Bugungi o‘yin haqida qiziqarli faktlar

Ronaldu — YeChL finalining eng qari futbolchisi. Bugungi o‘yin haqida qiziqarli faktlar

Bugun Toshkent vaqti bitlan 23:45da Kiyevda Yevropa chempionlar ligasi final uchrashuvi boshlanadi.

Musobaqa bosh sovrinini ketma-ket ikki bor boshi uzra baland ko‘targan madridliklar ingliz klubini mag‘lub etsa, ulkan tarix yaratishi shubhasiz. Zero, shu paytga qadar «Real»dan tashqari biror bir klub ketma-ket yuta olmagan.

«Stadion.uz» nashri «Real» va «Liverpul» jamoalariga tegishli qiziqarli faktlarni to‘pladi.

89 — YeChLning ushbu mavsumida «Liverpul« futbolchilari ijrosidagi shuncha zarba darvoza tomon aniq borgan. «Real«ning bu borada ko‘rsatkichi — 86ta. Bu turnirdagi eng yaxshi natijalardir.

84 — «Liverpul« uzatmalarining shuncha foizi aniq bo‘lgan. Bu esa unchalik yuqori natija emas. «Seltik«, «Benfika« va «Spartak« kabi 16ta klubning bu boradagi statistikasi mersisaydliklarnikidan yaxshiroq.

33 yoshu 110 kun — bugun Krishtianu Ronaldu mana shu yoshda bo‘ladi. Finalga taqdim qilingan futbolchilar ro‘yxatida aynan portugaliyalik futbolchi eng yoshi katta o‘yinchi hisoblanadi.

33 — Krishtianu Ronaldu YeChLning ushbu mavsumi davomida raqib darvoza tomon shunchadan aniq va noaniq zarba bergan. Har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha u yetakchi.

29 — «Real« futbolchisi Markos Lorente YeChLda shuncha uzatma bergan va ularning barchasi aniq chiqqan.

21 — «Real« va «Liverpul« futbolchilari shuncha martadan sariq kartochka olishgan. «Bavariya« (27) va «Yuventus« (23) futbolchilari boshqalarga nisbatan ko‘proq ogohlantirish olishgan.

14 — Serxio Ramos tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklar soni. «Liverpul«ning ikki futbolchisi — Jeyms Milner va Emre Jan hisobidagi follar soni ko‘proq, Jordan Xenderson esa bu borada Ramos bilan bir xil ko‘rsatkichga ega.

3 — «Real«ning birdaniga 3 futbolchisi — Marselo, Toni Kroos, Markos Asensio olis masofaga aniq uzatma berish bo‘yicha top-10ga kirishdi.

2 — To‘pni nazorat qilish o‘rtacha vaqti bo‘yicha jamoalar natijasi orasida farq 2 daqiqani tashkil qiladi. «Real« bir o‘yinda o‘rtacha to‘p bilan 34 daqiqa davomida muomalada bo‘lgan bo‘lsa, «Liverpul« o‘rtacha 32 daqiqa to‘pga egalik qilgan.

1 — Oyoqda urilgan gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu yetakchi — 10ta gol. Muhammad Saloh hisobidagi gollar soni 8ta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring