Ronaldu kutilmaganda boshqa jamoani tanladi

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishdi.
«Manchester Yunayted» kecha agent Xorxe Mendesh bilan Ronalduni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘ldi. Hozir shartnoma shartlari, oylik maosh va «Yuventus»ga to‘lanadigan tovon puli masalalari ko‘rib chiqilyapti», deb yozgan Romano.
Uning aytishicha, Ronalduga «MYu» juda jiddiy qiziqqan, xuddi raqiblari «Manchester Siti» qiziqqani kabi.
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham «MYu» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Ronalduning qaytishi haqidagi savolga javob berar ekan, bu gap-so‘zlar haqiqatga aylanishini istisno qilmagan.
Ronaldu bugun «Yuventus»ni tark etgandi. Berbatov esa uning «MYu»ga qaytishini kutmayotgan edi.
Fabritsio Romano futbol transferlari bo‘yicha futbol jurnalisti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter