Ronaldu mavsum oxirida «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin

Ronaldu va Rangnik.
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda «Daily Mail».
Manbaga ko‘ra, hammasi yangi mavsumda bosh murabbiy kim bo‘lishiga bog‘liq, shundan kelib chiqib, Ronaldu jamoada qolish-qolmaslikni o‘ylab ko‘radi. Ta’kidlanishicha, Ronaldu nemis mutaxassisi Rangnikning doimiy asosda bosh murabbiy bo‘lib qolishiga qarshi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil noyabr oyida «Manchester Yunayted» Ralf Rangnikni vaqtincha bosh murabbiylikka tayinlagandi. U mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Krishtianu Ronaldu 16 o‘yin o‘tkazib, 8 gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. YeChL guruh bosqichida esa 5 o‘yinda 6 ta gol kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter