Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruslan Nuriddinov kuchlimi yoki Akbar Jo‘rayev? Bugun o‘zgacha bahs bo‘ladi

Ruslan Nuriddinov kuchlimi yoki Akbar Jo‘rayev? Bugun o‘zgacha bahs bo‘ladi

Bugun Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng qiziqarli vazn toifasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Shubhasiz, ko‘pchilikning e’tibori -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlarga qaratilgan. Unda so‘nggi ikki Olimpiadaning chempion va rekordchilari Ruslan Nuriddinov hamda Akbar Jo‘rayev oltin medal uchun kurash olib borishadi.

Shubhasiz, ushbu vaznda armanistonlik Simon Martirasyan va boshqa kuchli polvonlar hamyurtlarimiz bilan raqobat olib borishadi. Biroq mutaxassislarning fikricha, asosiy kurash ikkala hamyurtimiz o‘rtasida kechadi.

Ushbu dastur soat 16:00 da boshlanadi. Barcha muxlislarni «Yunusobod sport majmuasi»da o‘tkaziladigan bahsda sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring