Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

Samarqandda yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

Foto: Uzathletics.uz

23–25-sentyabr kunlari Samarqand shahrida yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo 4-ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro musobaqada 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi. O‘zbekistondagi ochiq chempionatga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Shuningdek, Malayziya, Tailand va Filippindan sportchilar kelishi kutilmoqda.

Sport musobaqasi O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.

Samarqand shahridagi yugurish yo‘lakchasining yangi qoplamasi va World athletics standartlariga mos ravishda sertifikatlangan uloqtirish uchun sektorlariga ega «Afrosiyob Arena» sport majmuasi yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionatini o‘tkazish uchun tayyorlab qo‘yildi. Ochiq turnir stadion rekonstruksiyadan keyin o‘tkazilayotgan ilk yirik tadbir hisoblanadi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlarida hamda texnik musobaqalarda — balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a otish, nayza uloqtirish bo‘yicha qatnashadi.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo‘nalishlarda chiqishi belgilangan. Musobaqada V Islom birdamlik o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suhrob Xo‘jayev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyorovalar ham mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.

Musobaqaning uchinchi kunida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi kubogi, «Save Aral 2022» xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi ekologik muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladigan Save Aral musobaqasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ochiq chempionatning to‘liq dasturi bilan Yengil atletika federatsiyasi saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring