Samarqandda FIDE’ning yangi prezidenti saylanadi
26-sentyabr kuni Samarqandda Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Bosh assambleyasi doirasida tashkilot prezidenti saylovi o‘tkaziladi. FIDE rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlik uchun uch nomzod kurashadi: germaniyalik Yan Xenrik Byuttner, germaniyalik Vadim Rozenshteyn va qozog‘istonlik Timur Turlov.
Nomzodlar prezident va uning o‘rinbosari juftligida qatnashadi. Byuttner bilan Malkolm Peyn, Rozenshteyn bilan Gordon Tan, Turlov bilan esa shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand bir jamoa sifatida saylovga kirgan.
FIDE Bosh assambleyasi 26–27 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Prezident saylovi 26-sentyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. Assambleyada ovoz berish huquqiga ega har bir milliy federatsiya bitta ovozga ega.
Timur Turlov Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U o‘z dasturida FIDE’ning moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, raqamlashtirish va shaxmatni yoshlar orasida kengroq ommalashtirishga urg‘u bermoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter