Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (to‘liq video)

Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (to‘liq video)

Foto: «roundbyroundboxing.com»

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShning Bruklin shahrida o‘tkazilgan boks kechasida WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi.

Xitoylik Vang Jiminga qarshi kechgan o‘n raundlik jang g‘olibi ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Jang davomida yaqqol ustunlikka erishgan Shohjahonga hakamlar 100:90, 99:91, 100:90 hisobi bilan g‘alabani taqdim etishdi.

Shu tarzda hamyurtimiz WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, Ergashev shu paytgacha o‘tkazgan 12 jangining barschasida  raqiblarini nokautga uchratgandi. Ilk bor xitoylik bokschi jang oxirigacha turib bera oldi.

Jangning to‘liq videosini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring