Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shomurodovga APL klubi qiziqib qoldi

Shomurodovga APL klubi qiziqib qoldi

Taniqli insayder Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, «Roma» klubi hujumchi Eldor Shomurodovga Italiya klublaridan tashqari Angliyadan ham qiziqish bor.

Avvalroq Shomurodovga Italiyaning «Torino» va «Bolonya» klublari qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Di Marsioga ko‘ra, APL ishtirokchisi «Vulverxempton» klubi ham o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» Shomurodovni Isroildagi yig‘inga olib ketmagani va futbolchi transferga qo‘yilishi xabar qilingandi.

Italiyaliklar 27 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi sotuvidan 18 mln yevro ishlab olishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring