Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Superkompyuter Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

Superkompyuter Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

Angliya Premer-ligasida to‘rtinchi tur yakunlanganidan so‘ng, mavsumning eng yaxshi jamoasi bo‘lishga yana «Liverpul» asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatildi.

Ushbu talqinni «Liverpul»ni joriy mavsum APL chempionligi uchun mutlaq favorit deb hisoblayotgan Opta superkompyuteri ilgari surdi. Kompyuter «qizillar»ning chempion bo‘lish ehtimolini 52,93 foiz deya baholadi.

Chempion bo‘lish uchun liverpulliklarga asosiy raqiblar — «Arsenal» (25,79 foiz), «Manchester Siti» (7,4 foiz) va «Chelsi» (7,31 foiz). Kompyuterning fikricha, qolgan jamoalarning chempion bo‘lish ehtimoli 2 foizdan kam.

Ayniqsa, Opta «Manchester Yunayted»ga juda past baho berdi — 0,13 foiz. Ruben Amorim jamoasi APLda o‘tkazilgan 4 o‘yindan so‘ng 4 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring