Tarixiy jang: bahorda Meyvezer va Tayson jangi bo‘lib o‘tadi

Boks olamida yana bir katta voqea kutilmoqda. Afsonalar — 48 yoshli Floyd Meyvezer va 59 yoshli Mayk Tayson 2026-yil bahorida ringga chiqishi haqida rasman e’lon qilindi. Bu jang muxlislar uchun haqiqiy shouga aylanishi kutilmoqda.
Floyd Meyvezer 2017-yilda professional karerasini 50–0 rekord bilan yakunlagan. U shundan keyin faqat shou-janglarda ishtirok etib kelmoqda. Mayk Tayson esa 2024-yilda Jeyk Polga qarshi ringga chiqqan va bugungi kunda ham jamoatchilik diqqat markazida.
Mayk Tayson bu uchrashuvni «zamonaviy boksning yangi davri» deb atadi va hatto Meyvezerga «bu jang sog‘lig‘ingga ta’sir qilishi mumkin» deb hazil ham qildi.
«Bu jang boks olami hech qachon kutmagan jang bo‘ldi. Buni hatto tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Ammo bugun sportimiz oldindan aytib bo‘lmaydigan davrga qadam qo‘ymoqda va bu uchrashuv hammasidan ham kutilmagani bo‘ladi», – deydi Tayson.
Meyvezer esa o‘ziga ishongan holda muxlislarga yorqin tomosha va’da qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter