Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Rashitov o‘zbek taekvondochilari ichida ilk bor finalga chiqdi

Ulug‘bek Rashitov o‘zbek taekvondochilari ichida ilk bor finalga chiqdi

Foto:«Getty Images»

Hozirgina taekvondo bahslarining -68 kg vazn toifasidagi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Yarim finalda hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov bosniyalik Nejad Xushichga qarshi dayanga ko‘tarildi. Jangda katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz raqibini 28-5 hisobida mag‘lub etdi.

Endi kechgi dasturda sportchimiz final jangida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Rashitov chorak finalda eronlik raqibidan ustun kelgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring