Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilning eng issiq mamlakatlari ma’lum bo‘ldi

2024-yilning eng issiq mamlakatlari ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

2024-yil butun dunyo bo‘ylab eng yuqori havo harorati rekordlari yili bo‘ldi. Jahonning 15 mamlakatida haroratning eng yuqori ko‘rsatkichlari yangilandi.

Bu haqda iqlimshunos Maksimiliano Errera The Guardian gazetasi bilan suhbatda ma’lum qildi.

«Ekstremal jaziramalar shunchalik ko‘p kuzatildiki, shu paytgacha yuz berganlaridan yoki taxmin qilganimizlardan ham ortiq. 2024-yilning fevralidan iyuliga qadar bo‘lgan davrda barcha statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekordlar qayd etildi», — dedi Errera.

Yil boshidan buyon 15 mamlakatda yangi harorat maksimumlari qayd etildi, qolaversa, turli mamlakatlarda oylar bo‘yicha 130 ta issiqlik rekordi yangilandi.

2024-yilda harorat maksimumi Meksikada — 52 daraja, Misrda — 50,9 daraja, Malida — 48,5 darajagacha ko‘tarilgan.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda kamida 10 mamlakatda 50 darajadan yuqori havo harorati qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring