Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson hayotining «eng horg‘in davri» qachonligi aytildi

Inson hayotining «eng horg‘in davri» qachonligi aytildi

Foto: Unsplash

Inson hayotining eng horg‘in yillari 40 va 50 yosh oralig‘idagi davrdir, chunki ushbu o‘n yillikda yuqori kasbiy va oilaviy yuklamalar hamda organizmdagi yoshga doir o‘zgarishlar bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti o‘tkazgan tadqiqot haqida The Daily Mail nashri yozmoqda.

Tadqiqotchilarning tushuntirishicha, 20 yoshda organizm kam uxlash va jismoniy yuklamalarni yengilroq o‘tkazadi. Mushaklar tezroq tiklanadi, yallig‘lanish jarayonlari tezroq o‘tadi, hujayralar esa energiyani samaraliroq ishlab chiqaradi. Bu rejim buzilgan taqdirda ham ish qobiliyatini uzoqroq saqlash imkonini beradi.

30 yoshdan keyin, agar inson tanasini jismoniy mashqlar bilan kuchaytirmasa, mushak vazni kamayishni boshlaydi. Organizm kundalik harakatlar uchun ko‘proq resurs sarflaydi, tiklanish esa ko‘proq vaqt talab etadi. Uyqusiz tunlar va stress salomatlikka kuchliroq ta’sir qila boshlaydi.

40 yoshdan so‘ng, uyqu vaqti yetarlicha bo‘lgan taqdirda ham, uning sifati yomonlashadi. Inson o‘zini dam olgandek his qilishi kam kuzatiladi. Shu davrning o‘zida aqliy yuklama ham ortadi: ko‘pchilik rahbarlik lavozimlarini egallaydi, ishga va oilaga e’tibor, ota-onaga g‘amxo‘rlik ko‘proq vaqt talab etadi.

Kognitiv ko‘p vazifalilik xuddi jismoniy faollik kabi ko‘p energiya talab qiladi. Natijada, hatto og‘ir jismoniy mehnatsiz ham charchoq yuzaga keladi.

Tadqiqotchilar bunday holatning sababini biologik imkoniyatlar va majburiyatlar hajmi o‘rtasidagi nomutanosiblik bilan bog‘lashadi. Shu bilan birga, ular muntazam uyqu, jismoniy faollik, oqsilning yetarli miqdorda iste’mol qilinishi va stressni boshqarish organizmga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam berishini ta’kidlashadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, 60 yoshdan keyin ko‘pchilikda energiya darajasi barqarorlashadi. Bu bosimining kamayishi va stress darajasining pasayishi bilan bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring