Akademik litseylarning imtihonlari qoldirildi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi, deya xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlari joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Imtihonning aniq sanasi ma’lum bo‘lgach, qo‘shimcha xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter