2025 yilda OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
2025 yilda OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lum qildi.
Bitiruvchilar sifati indeksi doirasida 114 ta oliy ta’lim tashkilotining 242,6 ming nafar bitiruvchisi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki modellash natijalariga ko‘ra:
- Bandlik darajasi – 75%
- O‘rtacha oylik ish haqi – 5,1 mln so‘m
- O‘rtacha ishga joylashish muddati – 2 oy 1 kunni tashkil etgan.
Bitiruvchilarning 60,1 foizi kamida 4 oy davomida barqaror ish bilan ta’minlangan.
Eng yuqori o‘rtacha ish haqi quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan:
- Biznes va boshqaruv – 8,5 mln so‘m
- Huquq – 7,3 mln so‘m
- AKT – 6,8 mln so‘m
Eng yuqori Bitiruvchilar sifati indeksi quyidagi yo‘nalishlari:
- Matematika va statistika – 69,6 ball
- Ta’lim – 66,7 ball
- Biznes va boshqaruv – 63,9 ball
Indeks natijalariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan TOP-20 oliy ta’lim tashkilotlari karera markazlari 500 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Ushbu natijalar 8 oylik kuzatuv asosidagi dastlabki modellashtirish hisoblanadi. Yakuniy indeks natijalari 12 oylik ma’lumotlar asosida joriy yilning avgust oyida e’lon qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter