Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda maktab o‘quvchilari institut tipidagi binoda tahsil boshladi

Buxoroda maktab o‘quvchilari institut tipidagi binoda tahsil boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda viloyat hokimligi binosi hamda «Buxoro sport» majumasining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan odamlarning noroziligi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Hatto, ko‘plab fuqarolar norozilik kayfiyatidagi chiqishlar ham qilishgandi.

Ayniqsa, Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ham «snos»ga tushgani ko‘plab ota-onalarni tashvishga solgan edi. Oradan bir necha oy o‘tgach, soha mutasaddilari hamda mas’ullar holatga munosabat bildirishgandi.

Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi binosi (avvalgi Buxoro davlat Tibbiyot institutida) tarixiy-etnografik parkning shundoq tevaragida joylashgani va qulash sharoitga keltirilgani ota-onalar xavotirini yo‘qqa chiqardi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1937 yilda tashkil etilgan ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari endi institut tipidagi o‘quv binolarida tahsilni davom ettirishadi. Maktab 1122 o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni paytda 2214 nafar o‘quvchi tahsil boshladi. Joriy o‘quv yilida maktabga 4 ta sinfga 144 nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilingan.

Bildirilishicha, ushbu maktab binosini rekonstruksiya qilish uchun joriy yilda 13,4 milliard so‘m mablag‘lar ajratilgan.  735 o‘rinli o‘quv binosi dars jarayonlari uchun shay holatga keltirilgan.

Institut binosiga ko‘chirilgan maktabda o‘tkazilgan «Birinchi qo‘ng‘iroq»da ishtirok etgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qisqa fursatda yana 435 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha o‘quv binosi hamda sport zali qurib foydalanishga topshirilishi arafasida ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring