Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chin yetimlar uchun OTMlarga davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha kvota ajratiladi

Chin yetimlar uchun OTMlarga davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha kvota ajratiladi

Prezidentning «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi munosabati bilan bir qator Hukumat qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Jumladan, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni, quyidagi hollarda O‘zbekistondan chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzgan hollarda;
  • O‘zbekiston hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib bo‘lingan yoki o‘tab bo‘linganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.

Buning uchun ushbu shaxsning ota-onasidan biri yoki uni vasiylikka yoxud homiylikka olgan shaxs O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga asosan, OTMlarga qabulning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha 1 foizgacha davlat granti bo‘yicha qabul kvotasi ajratiladi.

Bundan tashqari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organiga bevosita qilgan murojaatini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanadi va bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi sababi bilan murojaatning ko‘rib chiqilmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring