Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo stomatologlari Samarqandda jam bo‘ldi

Dunyo stomatologlari Samarqandda jam bo‘ldi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Samarqand Citidagi Minyoun mehmonxonasida "Stomatologik kasalliklar profilaktikasi va davolashdagi zamonaviy yondashuvlar" nomli xalqaro stomatologlar kongressi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi, O‘zbekiston Stomatologlar assotsiatsiyasi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkillashtirilayotgan kongressda Respublikamiz hamda AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Bolgariya, Misr, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o‘ndan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq soha vakillari ishtirok etdi.

Kongress ochilishida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tashkil etilayotgan mazkur nufuzli anjumanning zamonaviy stomatologiyadagi dolzarb masalalar va yangi yutuqlarni baham ko‘rish hamda tajriba almashish maydoni ekanini ta’kidlab, anjumanning soha rivoji hamda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, jahon tajribasini joriy qilishdagi ahamiyatini yuqori baholadi.

Kongress doirasida stomatologiyaning dolzarb muammolari, yangi ilmiy va amaliy yutuqlar aks etgan ma’ruzalar, zamonaviy stomatologik texnologiya va jihozlar bilan yigirmaga yaqin mahorat darslari tashkil etildi. Jumladan, “Somatik kasalliklarning oldini olish stomatologik profilaktika sifatida”, “Periodontologiyada raqamli yechimlar va klinik ko‘nikmalarning sinergiyasi”, Subperiostal implantlar – o‘tmish, bugun va kelajak”, “Zamonaviy stomatologiyada mikroskoplarning o‘rni” va boshqa shu kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikr va mulohazalar almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring