«Fizika» fanini o‘qitishda sun’iy intellektning ahamiyati va imkoniyatlari
Ayni vaqtdagi ta’lim o‘qituvchilarning professionalligi, madaniyati va shaxsiy xususiyatlariga yuqori talablar qo‘ydi. Ta’lim islohotlari kelajak pedagoglarining zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu kasbni anglashga, mahoratni egallashga rag‘batlantira oladigan ta’lim muhitini loyihalashni talab qiladi.
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetidagi ta’lim muhiti pedagogik texnologiyalar va raqamli resurslarni amaliyotga joriy etish, ta’lim mazmunini yangicha loyihalash, talabalarning mustaqil ishlarini ijodiy va muammoli topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirish kabilar bilan izchil bog‘lanmoqda. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti rivoji tabiiy fanlar ta’limida zamonaviy bilimlarni berish zaruriyatini sezilarli kuchaydi.
Zamonaviy ta’lim raqamli texnologiyalar joriy etilishi tufayli katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Sun’iy intellekt esa o‘quv jarayonini o‘zgartirayotgan asosiy vositalardan biridir. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida fizika darslarida sun’iy intellekt ta’lim jarayonini yaxshilash, uni yanada shaxsiylashtirish va interaktiv qilish imkoniyati kengaydi.
Fizika — tabiat hodisalari, olam tuzilishi va bizni o‘rab turgan voqelikning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida insondan ma’lum talablami talab qiladi. Makon-vaqt tushunchasini anglash, abstrakt tafakkurga ega bo‘lish, turli vositalardan, jumladan matematik vositalardan foydalanib, atrof-muhitni o‘rganish qobiliyati rivojlantiradi.
Zamonaviy texnologiyalar ta’lim kishilarining odatiy faoliyatini o‘zgartirmoqdi. Jarayonlarning avtomatlashtirilishi va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘qituvchilarni ham, talabalarni ham ko‘plab takroriy vazifalardan ozod qildi va uni hayotining boshqa sohalarida samarali foydalanish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha vaqt bilan ta’minladi. Raqamli vositalar ta’lim jarayonini kengaytirib, bilimlarni o‘quvchiga yetkazish jarayonini ham yanada samarali va qulay qilib qo‘ydi.
Sun’iy intellekt allaqachon oliy ta’limda talabalarning o‘zlashtirish dinamikasini o‘rganish, matnlarning murakkabligini baholash kabi vazifalarda keng qo‘llanilmoqda. Olingan ma’lumotlar asosida o‘qituvchi ta’lim dasturini moslashtirishi, o‘quv jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashi va to‘g‘rilashi mumkin.
Sun’iy intellektning eng katta afzalliklaridan biri — o‘quv jarayonini har bir talabaning ehtiyojiga moslashtirish imkoniyatidir. ITga asoslangan platformalar o‘qituvchilarga talabalarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilishga yordam beradi, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi.
Sun’iy intellekt shuningdek individual ta’lim rejasini shakllantirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt o‘qituvchining “jonli bo‘lmagan yordamchisi”ga aylanadi. Masalan, vazifalarni tez tekshirish, yangi mashqlar yaratish, talabaning darajasiga mos murakkablikni tanlash, taqdimotlar, 3D modellar, videomateriallar tayyorlash kabilarni keltirish mumkin.
Sun’iy intellekt laboratoriyalarni, ilmiy markazlarni va jihozlarni modellashtirib, haqiqiy sharoitga yaqin raqamli tajribalar o‘tkazishga imkon beradi. Bu qimmat va mavjud bo‘lmagan uskunaning soddalashtirilgan ekvivalentiga aylanishi mumkin.
Fizika eksperimental fan bo‘lgani sababli amaliy ishlar juda muhim. Ammo real laboratoriya jihozlari hamma joyda yetarli emas. Shu bois virtual laboratoriyalar ajoyib yechim bo‘la oladi.
Sun’iy intellekt maktablarda “o‘qituvchi–o‘quvchi” muloqotida ham yangi imkoniyatlar yaratdi. O‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlari turlicha bo‘lishi mumkin, va o‘qituvchi dars vaqtining barchasini individual bilimlarni to‘ldirishga sarflay olmaydi. Buni yechish uchun sun’iy intellektga ega elektron darsliklar va onlayn materiallar yordam beradi. Sun’iy intellekt o‘quvchining materiallar bo‘yicha harakatini tahlil qilib, uning bilim darajasini aniqlaydi, o‘qituvchiga hisobot tayyorlaydi, ta’limni yanada moslashtirishga xizmat qilmoqda. Sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlay oladi. Bu o‘qituvchilarga o‘quv jarayonidagi muammoli joylarni aniqlashga yordam beradi.
Shuningdek, sun’iy intellekt ko‘magida xorijiy tillardagi materiallardan foydalanishni ham osonlashtirdi — tezkor tarjima, hatto video-ma’ruzalarni sinxron tarjima qilish imkoniyati oshirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, sun’iy intellekt o‘quv jarayoniga kirib kelib, fizika fanini o‘qitishda yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, virtual laboratoriyalar, chat-botlar va interaktiv testlardan foydalanish o‘qituvchilarga darslarni yanada samarali va qiziqarli tashkil etishga yordam berdi.
Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalar rivojida yetakchi yo‘nalishlardan biri — bu sun’iy intellektni ta’limda joriy etishkuchaydi. Jumladan, Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham.
Shahnoza Begzatova,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter