Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki OTMga yangi rektorlar tayinlandi

Ikki OTMga yangi rektorlar tayinlandi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Yo‘ldoshev Akramjon Sultonmurodovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

B.Akbaraliyev tayinlovga qadar Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

Ne’matov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Sh.Ne’matov tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlgi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

A.Bahodirov tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring