Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi Britaniya andozasi asosida yo‘lga qo‘yiladi

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi Britaniya andozasi asosida yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«El-yurt umidi» jamg‘armasi bilan hamkorlikda stipendiatlar uchun ajratiladigan mablag‘lar yanada samarali yo‘naltiriladi. 

Qarorga ko‘ra, Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi faoliyati Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari andozasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

- Oliy maktab bilan texnikumlar hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

- integratsiyalashgan ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Oliy maktabning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi;

- integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan o‘quvchilarning kreditlari xorijiy yetakchi hamkor ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinishi ta’minlanadi.

- «El-yurt umidi» jamg‘armasiga stipendiya dasturlari doirasida 2027/2028 o‘quv yilidan belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan talabgorlarning quyidagi xarajatlarini moliyalashtirishga ruxsat beriladi:

- Oliy maktab va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan, top-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sohaviy yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni uzluksiz davom ettirish imkoniga ega bo‘lgan talabalarning xorijdagi o‘qishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarini;

- belgilangan oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy oliy ta’lim tashkilotlarida integratsiyalashgan dasturlar asosida tashkil etiladigan 1-kurs (bosqich) (foundation) dasturlari o‘qish xarajatlarini (tuition fee).

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring