Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti Xitoyning turizmga ixtisoslashgan OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatdi

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti Xitoyning turizmga ixtisoslashgan OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatdi

Joriy yilning 13-14 may kunlari Xitoyning Shandun provinsiyasi Szinan shahrida «Ipak yo‘li» iqtisodiy makonining hamkorlikda qurilishi va umumiy rivojlanish yangi natijalarini hamkorlikda tadbiq etish» mavzusidagi Xitoy va Markaziy Osiyo 4-hamkorlik Forumi bo‘lib o‘tdi. XXRning beshta Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida nodavlat almashinuvi va hududiy hamkorlik maqsadida Xitoy xalq do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida «Ta’lim va yoshlar», «OAV orasida almashinuv», «Szinan va markaziy Osiyo iqtisodiyoti» mavzularida muzokaralar va tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xitoy va beshta Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiy rahbariyati va do‘stona tashkilotlari rahbarlari, va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakillari, yoshlar va ta’lim masalalari bo‘yicha mutaxassislar, OAV, «Yagona makon, yagona yo‘l» loyihasi doirasida sohaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik rahbarlari, «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Forum doirasida hududiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Forum natijalariga ko‘ra, «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va Shandun provinsiyasi Turizm professional kolleji orasida almashinuv va hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va Sanya Universitetlari orasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Shuningdek, «Ipak yo‘li» universiteti va turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan Guylin turizm universiteti (XXR) bilan «Hotel Management» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlari sohasida (qo‘shma diplom) kelishuv imzolandi.

Tomonlar, har ikkala tomon manfaatlarini ko‘zda tutgan umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi masalalar bo‘yicha hamkorlik borasida kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring